Nagaevning jamoasi o‘z uyida mag‘lub bo‘ldi
Bugun Qozog‘iston Premer-ligasida 13-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Hamyurtimiz Ivan Nagaev faoliyat olib boradigan “Ordabasi” klubi o‘z maydonida “Atirau”ni qabul qildi.
Mazkur o‘yinda mehmonlar 2:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Hamyurtimiz o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va 64-daqiqada zaxiraga olindi. Bunga qadar u hakam tomonidan ogohlantirish olishga ulgurgan edi.
Qayd etish joiz, Nagaevning golsiz o‘yinlar seriyasi 9 taga etdi. Hamyurtimiz so‘nggi bor 7 aprel sanasida “Aktobe” bilan o‘yinda raqib darvozasini ishg‘ol etishga erishgan edi.
Qozog‘iston Premer-ligasi. 13-tur
“Ordabasi” – “Atirau” 0:2.



Fikrlar