
Musaev va "Jubilo Ivata" mavsumni durang bilan boshladi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Fozil Musaev to‘p suradigan "Jubilo Ivata" klubi bugun o‘z maydonida "Matsumoto Yamata" klubini qabul qildi. Mazkur bellashuvda kuchlar teng keldi - 1:1.
Musaev 81-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. Ma’lumot uchun, "Jubilo Ivata" o‘zining navbatdagi uchrashuvni 1 mart kuni o‘tkazadi. Shu kuni Xiroshi Nanami shogirdlari Xirosimada "Sanfrechche" mehmoni bo‘lishadi.
Yaponiya chempionati. 1-tur
"Jubilo Ivata" - "Matsumoto Yamata" 1:1.
Fikrlar