
Murodjon Ahmadaliev "Uzbek Tigers" jamoasiga navbatdagi g‘alabani olib keldi
Samarqand shahridagi Mo‘’jiza amfiteatrida "Uzbek Tigers" va "Cuba Domadores" jamoalari o‘rtasidagi murosasiz janglar ketma-ketligi davom etadi.
Biroz avval 56 kg vazn toifasida o‘zbekistonlik Osiyo chempioni Murodjon Ahmadaliev kubalik Havier Ibanezga qarshi bahs olib bordi.
Teng kurashlar ostida o‘tgan ushbu jang yakunida hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliev ushbu qarama-qarshilikdagi tashabbusni o‘z qo‘liga oldi va o‘z jamoasiga navbatdagi g‘alabani olib keldi.
Umumiy hisob
"Uzbek Tigers" 2:0 "Cuba Domadores"
Fikrlar