Murod Xolmurodov: Asosiy maqsadim – Tokio Olimpiadasida munosib ishtirok etish

BEPUL PROPAN

«Musobaqadan olgan taassurotlarim juda yaxshi. Osiyo chempionatiga jiddiy tayyorgarlik olib borgandik. Bu borada biz uchun kerakli barcha sharoitlar yaratib berildi. Shuni qayd etish lozimki, so‘nggi yillarda ishga professional tarzda yondoshilmoqda. Moddiy-texnik bazamizga e’tibor kuchaytirildi. Xalqaro yig‘inlar o‘tkazdik. Bu esa o‘z samarasini berdi va biz ilk marotaba Osiyo chempionatida 7 ta medal qo‘lga kirita oldik. Qit’a birinchiligida guruh poygalarida ochkolar bo‘yicha bronza medaliga sazovor bo‘ldim.

Asosiy maqsadimiz – Tokio 2020 Olimpiadasida munosib ishtirok etish. Kunchiqar yurt mezbonlik qiladigan Olimpiya o‘yinlariga litsenziya olib, sovrindor bo‘lishni istayman. Bundan tashqari, oldinda Toshkent shahrida o‘tkaziladigan shosse bo‘yicha Osiyo chempionati bor. Ushbu musobaqada ham yuqori natijalarni ko‘rsatishga harakat qilamiz», – deb Xolmurodovning so‘zlarin keltirib o‘tdi MOQ rasmiy sayti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!