
Murilo "Barselona"ga o‘tgach nimalar dedi?
Xabaringiz bor "Barselona" kecha “Valensiya” himoyachisi Jeyson Muriloni mavsum yakuniga qadar ijaraga olgan edi. Kolumbiyalik futbolchi kataloniyaliklar safiga o‘tgach o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Barselona”ga o‘tganimdan judayam xursandman. Endi men barchaga bu erga tasodifan kelib qolmaganimni isbotlashim uchun o‘z ustimga ko‘proq ishlashim kerak.
"Las Palmas" safida "Kamp Nou"ga kelganimda bir kun kelib albatta "Barselona"da o‘ynashimni aytgandim. Mana bu voqea ham sodir bo‘ldi.
O‘zim haqimda shularni aytishim mumkinki, men maydonda tezkor, aqlli va tajovuzkorman”, - deydi Murilo.
Fikrlar