
Mourino qishda MYuga kimlarni olib kelmoqchi
“Manchester Yunayted” klubi bosh murabbiyi Joze Mourino qishki transferlar mavsumida jamoani kuchaytira olishi mumkin bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatini tuzib chiqdi, deya xabar bermoqda Daily Mail nashri.
Manabada yozilishicha, portugaliyalik mutaxassisning ushbu ro‘yxatidan himoyachi Nikola Milenkovich (“Fiorentina”), yarim himoyachi Ivan Perishich (“Inter”) va Sergey Milinkovich-Savich (“Latsio”) va shuningdek, hujumchi Ante Rebich (“Ayntraxt”) o‘rin olgan.
Mourino uchun muammosi shundaki, “Manchester Yunayted” yaqin vaqt ichida tarkib uchun pul sarflashidadir.
Avvalroq Milenkovichning transferi uchun mankunianliklar “Fiorentina”ga 60 mln evro to‘lashga tayyor edi.
Fikrlar