
Mourino "Real"ga qarshi bahsda asosiy tarkibning yarmidan foydalana olmaydi
Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi bosh murabbiyi Joze Mourino bugun bo‘lib o‘tadigan UEFA Superkubogi bahsida jamoaning 6 nafar futbolchisi xizmatidan foydalani olmasligini ma’lum qildi.
– Oldinda turgan uchrashuvda Fil Jons, Erik Bayi va Fosu-Mensalar maydonga tusha olishmaydi. Chunki, Tim ijara asosida jamoani tark etadi.
Shuningdek, uzoq muddatli jarohatlar sabab, Lyuk Shou, Eshli Yang va Markos Roxo ham bu o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Qolgan barcha futbolchilar sog‘lom. Bundan tashqari, Matich ham bor, ammo u ham boshqalar kabi o‘ynay oladigan darajada emas, – deydi Mourino o‘yin oldidan tagkillashtirilgan matbuot anjumanida.
Qayd etish lozim, Jons va Bayilar oldinda turgan bahsni diskvalifikatsiya sabab o‘tkazib yuborishda, Matich mavsumoldi bahslarida “qizil iblislar” safida atigi 45 daqiqa maydonga tushdi.
Fikrlar