
Monika Puig final ostonasiga yaqinlashmoqda
"Premier" turkumidagi musobaqaning mazkur bosqichida Puerto-Riko sharafini himoya qilgan Monika Puig frantsiyalik Karolin Garsiyani 7:5, 1:6 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Nyu-Xeyven shahrida o‘tayotgan "Connecticut Open" turnirida chorak final bahslari davom etmoqda.
Endi Puig yarim finalda ispaniyalik Karla Suares-Navarro, yoki chexiyalik Petra Kvitova uchrashuvi g‘olibiga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar