
“Monako” va “Manchester Siti” transfer bozorini “ostin-ustun” qilishdi
Angliyaning “Manchester Siti” klubi bugun “Monako” himoyachisi Benjamin Mendini sotib olganini e`lon qildi. OAVda yozilishicha, ushbu transfer 57,5 mln evroga teng.
Jurnalist Tankreddi Palmeri xabariga ko‘ra, “shaharliklar” bir transfer oynasi davomida sarf etilgan pullar borasida Madridning “Real” klubi tomonidan o‘rnatilgan 2009 yilgi rekordni yangilashdi. “Manchester Siti” bu transfer oynasida hozirgacha yangi futbolchilar uchun 265 mln evro sarf etishdi.
O‘z navbatida, “Monako” esa bir transfer oynasi davomida rekord miqdorda foyda ko‘rdi. Knyazlik klubi bu yilgi transfer bozorida futbolchi sotish orqali hozirgacha 198 mln evroni qo‘lga kiritdi.
Fikrlar