
Modrich "Oltin to‘p"ini "Santyago Bernabeu"da namoyish qildi (FOTO)
Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Luka Modrich kecha La Liganing 16-turida "Rayo Valekano"ga qarshi o‘yindan oldin “Santyago Bernabeu”da o‘zining “Oltin to‘p”ini namoyish qildi.
Eslatib o‘tamiz, 33 yoshli xorvatiyalik futbolchi ushbu mukofot uchun o‘tkazilgan so‘rovnomada Krishtianu Ronaldu va Antuan Grizmann kabi futbolchilarni ortda qoldirishga erishdi.
U joriy yil “Real” bilan Chempionlar ligasida g‘alaba qozondi va Xorvatiya terma jamoasi safida JCh-2018 finaliga qadar etib bordi.
Fikrlar