
Modrich: Asosiy maqsadim – faoliyatimni “Real”da yakunlash
"Real" Madrid klubi yarim himoyachisi Luka Modrich o‘zining kelajak rejalari haqida to‘xtalib o‘tdi.
“Mening asosiy maqsadim – faoliyatimni “Real”da yakunlash. Bu futbolchilik faoliyatim uchun eng ideal stsenariy bo‘lgan bo‘lardi. Ammo, bunga erishishim uchun yuqori darajada o‘yin namoyish etishni davom ettirishim kerak”, - deydi xorvatiyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilgi “Oltin to‘p” sohibi “qirollik klubi” sharafini 2012 yildan buyon himoya qilib kelmoqda.
Fikrlar