Mirzohid Farmonov Tunis Gran-prisida o‘zini ko‘rsatdi

  • 20 yanvar, 2018, 22:19
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Tunisda davom etayotgan dzyudo bo‘yicha Gran-pri musobaqasining ikkinchi kun bellashuvlari o‘z yakuniga etdi. Quvonarlisi, ushbu kun ham terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli yakunlandi. -73 kg. vazn toifasida bahs olib borgan yurtdoshimiz Mirzohid Farmonov musobaqaning bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Tecno

Polvonimiz musobaqani Monako vakili Sedrik Bessi ustidan qozonilgan g‘alaba bilan boshladi. Shundan so‘ng rossiyalik Salan Ondar va shveytsariyalik Nils Shtampni ajoyib usullari bilan musobaqadan chiqarib yubordi.

Farmonov kosovolik Akil Gyakovaga qarshi kechgan yarim final bahsida imkonyatni boy berib qo‘ygan bo‘lsa ham o‘zini bronza medali uchun kechadigan bahsga puxta tayyorlay oldi. Uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda frantsiyalik Benjamin Axusga hech qanday imkoniyat qoldirmagan Mirzohid yakunda o‘z g‘alabasini tantana qildi.

Afsuski, -81 kg. vazn toifasida bahs olib borgan boshqa bir vakilimiz Davlat Bobonov musobaqani erta tark etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!