
Mirror: Pogba Mourino bilan yarashib oldi
"Manchester Yunayted" klubi xavbeki Pol Pogba jamoa bosh murabbiyi Joze Mourino bilan yarashib oldi. Bu haqda Mirror nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaning yozishicha frantsiyalik futbolchi va portugaliyalik mutaxassis o‘zaro uchrashib, kelishib olishgan. Ushbu kelishuvga ko‘ra Pogba klubdan joriy mavsum yakuniga qadar o‘zini transferga qo‘yishni talab qilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Pogba qishda jamoani tark etmoqchi ekanligi va unga “Barselona” hamda Yuventus” klublaridan jiddiy takliflar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar