
Mirjalol Qosimov: Qizil kartochka «Buxoro»ga pand berdi
"O‘ylaymanki, o‘yinni ko‘rish uchun stadionga kelgan muxlislar yutdi. Sababi, o‘yin shiddatli, ochiq va tomoshabop bo‘ldi. "Buxoro" jamoasi ham bir necha marta qulay imkoniyatlardan foydalana olmadi. Bizning futbolchilar ham vaziyatlarni ko‘kka sovurishdi. Dramatik o‘yin guvohiga aylandik. So‘nggi daqiqalarda ikkinchi sariq kartochka bilan qizil kartochka olib maydonni tark etgan futbolchi "Buxoro"ga pand berdi va natijaga ta’sir ko‘rsatdi.
O‘z navbatida biz ham so‘nggi daqiqagacha kurashdik va g‘alaba qozondik. Sovuq ob-havoga qaramasdan stadionga kelgan muxlislarga raxmat. Qolaversa poytaxtdan bizni qo‘llab-quvvatlash uchun etib kelgan muxlislarimizga ham alohida minnatdorchilik bildiraman", - deb Qosimovning so‘zlarini keltirib o‘tdi «Bunyodkor» matbuot xizmati.
Fikrlar