Millatlar ligasi. Xorvatiya bu safar ham Angliyani mag‘lub eta oladimi?

  • 12 oktabr, 2018, 11:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun UEFA Millatlar ligasida navbatdagi tur uchrashuvlari davom ettiriladi. Jumladan, Xorvatiya o‘z maydonida Angliyani qabul qiladi.

Tecno

Uchrashuv haqida qiziqarli faktlar:

- Angliya so‘nggi 4ta bahsda Xorvatiya terma jamoasi darvozasiga 12ta gol urishga erishgan.

- Angliya terma jamoasi so‘nggi 5ta o‘yindan 3tasida mag‘lub bo‘ldi.

- Xorvatiya terma jamoasi esa so‘nggi 3ta o‘yindan buyon g‘alaba qozona olmayapti.

- Angliya va Xorvatiya terma jamoalarining o‘zaro uchrashuvlar tarixida faqat bir marta durang qayd etilgan. 1996 yil 24 aprelda “Uembli”da bo‘lib o‘tgan o‘yinda jamoalar 0:0 hisobida nursiz durangga imzo chekishgan.

- Ushbu jamoalarning so‘nggi uchrashuvi JCh-2018ning yarim finaliga to‘g‘ri keladi. O‘sha bahsda 2:1 hisobida xorvatlar g‘alaba qozonishgan edi.

Xorvatiya – Angliya

Stadion: "Ruevitsa" (Rieka, Xorvatiya)

Boshlanish vaqti: 23:45

Bosh hakam: Feliks Brix (Germaniya)

Taxminiy tarkiblar:

Xorvatiya: Livakovich – Edvay, Vida, Mitrovich, Pivarich – Rakitich, Modrich – Pyatsa, Kovachich, Rebich – Kramarich

Angliya: Pikford – Uoker, Maguayr, Stounz – Aleksandr-Arnold, Dayer, Barkli, Xenderson, Sterling – Reshford, Keyn.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!