
"Milan"ning "daydi" o‘g‘li Xitoydan qaytmoqda
Xitoyning "Tyantszin Tsyuantszyan" klubi xujumchisi Aleshadro Pato faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.
La Gazzetta dello Sport nashrining xabar berishicha, "Milan" "Los-Anjeles Gelaksi" klubi a’zosi Zlatan Ibragimovichning o‘rniga alternativ variant sifatida 29 yoshli Patoni ko‘rib chiqmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Aleshandro 2007-2013 yillarda "rossonerlar" safida to‘p tepgan. Xozirda, xujumchi jamoa sport direktori Leonarda hamda bosh murabbiy Jennaro Gattuzo bilan yaxshi munosabatlarda.
Aytib o‘tish joizki, ushbu ko‘chib o‘tish borasida muzokaralar boshlanmagan, biroq klub futbolchining faoliyatini kuzatib bormoqda.
Transfer amalga oshish uchun faqatgina bitta to‘siq bor, bu Patoning Xitoydagi bir yilda 9 million evro maosh olishi, "Milan" bunday maoshni xujumchiga taklif qilolmaydi.
Fikrlar