
Meyvezer Makgregorga qarshi jangga mashg‘ulotlarni boshladi
Amerikalik bokschi Floyd Meyvezer engil vazn toifasida UFC chempioni irlandiyalik Konor Makgregor bilan jangga tayyorgarlik ko‘ra boshladi, deya xabar beradi TMZ nashri. Kecha besh vazn toifasining sobiq jahon chempioni Los-Anjelesda 4 soatlik mashg‘ulot o‘tkazgan.
Eslatib o‘tamiz. Jang boks qoidalari bo‘yicha birinchi o‘rta vazn toifasida Las-Vegasda tashkil qilinadi. Meyvezer so‘nggi marta 2015 yilning sentyabr oyida ringga chiqib, hamyurti Andre Bertoni mag‘lub qilgan edi.
Fikrlar