Meyvezer MMAdagi debyut jangida 88 mln dollar ishlab olishi mumkin

  • 7 noyabr, 2018, 16:25
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Boks bo‘yicha besh vazn toifasining sobiq jahon chempioni engilmas Floyd Meyvezer aralash yakkakurashlardagi debyut jangida 88 million dollar ishlab olishi mumkin, deya xabar beradi Tokyo Sports nashri.

Tecno

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Meyvezer MMAda jang o‘tkazish uchun RIZIN tashkiloti bilan shartnoma imzolagan. Unga ko‘ra sportchi 31 dekabr kungi turnirda yaponiyalik kikbokschi Tensin Natsukava bilan jang qiladi.

Ma’lum bo‘lishicha, Floyd bu jang uchun 7 milliard yena oladi. Bu hozirgi kurs bilan taxminan 61,8 mln dollarni tashkil qiladi. Yana u milliard yena (tax. 26,5 million dollar)ni Meyvezer jangning pulli translyatsiyalaridan ishlab olishga umid qilmoqda.

Meyvezer va Natsukava jangi qoidalari hozircha tasdiqlanganicha yo‘q. Jang o‘z bag‘riga 40 ming muxlisni sig‘dira oladigan “Saytama Super Arena”da tashkil etiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!