
Mexdi Benatiya Italiya Superkubogi bahsida "Yuventus"ga yordam berolmaydi
Turinning “Yuventus” klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri kecha Ispaniya kubogi 1/8 finalidan o‘rin olgan “Bolonya”ga (2:0) qarshi o‘yinda jarohat olgan Mexdi Benatiya haqida gapirib o‘tdi.
Unga ko‘ra o‘yinoldi chigalyozdi mashqlari paytida jarohatlangan marokashlik futbolchi “keksa sinora”ga Italiya Superkubogi bahsida yordam bera olmaydi. Biroq, ushbu o‘yinga qadar Joau Kanseluning safga qaytishi aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Yuventus” va “Milan” jamoalari o‘rtasidagi Italiya Superkubogi uchrashuvi 16 yanvar kuni Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar