Messi bugun "Atletik"ga qarshi o‘yinda ishtirok etadimi? Bunga Valverde javob berdi

  • 10 fevral, 2019, 12:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning "Barselona" klubi bosh murabbiyi Ernesto Valverde bugun "Atletik" Bilbaoga qarshi bahs oldidan jamoa etakchisi Lionel Messining sog‘ligi haqida to‘xtalib o‘tdi.

Tecno

“Biz xuddi avvalgidek Leo borasida tavakkal qilishni istamaymiz. Ko‘p narsa Messining o‘ziga bog‘liq. Agar u o‘zini yaxshi his qilayotgan bo‘lsa maydonga tushadi, agar aksincha bo‘lsa uning qarorini qabul qilishimiz kerak”, - deydi ispaniyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, 31 yoshli argentinalik forvard o‘tgan tur “Valensiya”ga qarshi bahsda jarohat olgan edi. Aynan shu bois u Ispaniya kubogi yarim finalidan o‘rin olgan “Real”ga qarshi bahsda ikkinchi bo‘limda maydonga tushirilgan edi.

Ma’lumot uchun, "Atletik" - "Barselona" uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:45da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Лео Месси
10/02/2019 13:20
Месси бугунги ўйинда иштирок этиши шарт!!!
&
10/02/2019 15:30
Иштирок этадими ёқми Атлетик яхши ўйнаб ютади
&
Лео Месси
10/02/2019 16:29
Реални мухлисимисиз дейман)))