
Massimiliano Allegri: Biz hali Ronaldu bilan to‘liq tanishib olmadik
"Yuventus" klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri yozda xarid qilingan portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning “Kevo”ga (2:3) qarshi o‘yinda qilgan debyuti haqida gapirib o‘tdi.
“Yuventus” futbolchilarining to‘liq tarkibda shug‘ullanayotganliklariga bor yo‘g‘i 7 kun bo‘ldi. Qolaversa, biz Ronaldu bilan hali to‘liq tanishib olmadik. Ammo, bugun Dibala bilan yaxshi juftlik hosil qildi. Ronalduning jamoaga tez moslashib borayotgani meni ko‘proq quvontirmoqda. Lekin, afsuski u bugun gol ura olmadi. Shunday bo‘lsada Ronaldu ham g‘alabamizdan xursand bo‘ldi”, - deydi Allegri.
Fikrlar