
Mashhur murabbiy Dzyubani Ibragimovichga o‘xshatdi
Shvetsiyalik mashhur mutaxassis Sven-Yoran Eriksson Rossiya terma jamoasi hujumchisi Artem Dzyubani bemalol Angliyada o‘ynay oladi deb hisoblaydi.
Erikssonning so‘zlariga ko‘ra Dzyuba unga xuddi Zlatan Ibragimovichni eslatib yuboradi.
“Albatta, u Angliyada o‘ynashi mumkin. Men uni jahon chempionatidagi o‘yinlaridan yaxshi eslayman. U – ajoyib futbolchi. Ba’zan u menga Ibragimovichni eslatib yuboradi. To‘g‘ri, uning Zlatanga etishi uchun hali ancha bor”, - deydi tajribali mutaxassis.
Fikrlar