Marokash - Eron I.R. Prevyu

  • 15 iyun, 2018, 15:17
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun JCh-2018ning “B” guruhidan o‘rin olgan ikki uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Toshkent vaqti bilan soat 20:00da “Krestovskiy”da Marokash terma jamoasi Eron Islom Respublikasiga qarshi maydonga tushadi. 23:00da esa Portugaliya Ispaniya bilan kuch sinashadi.

Tecno

Quyida Marokko - Eron qarama-qarshiligining prevyusi bilan tanishishingiz mumkin.

Ushbu bahsni Djyuneyt Chakir boshchiligidagi turkiyalik hakamlar brigadasiga boshqarib boradi.

Ta’kidlash kerakki, Marokash oxirgi marta JChda 20 yil oldin ishtirok etgan va guruh bosqichidan chiqaolmagan. Erve Renara boshchiligidagi terma jamoa Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan mundialda o‘z omadini sinab ko‘radi. 

Eron I.R termasi o‘z tarixida ikkinchi marotaba mundialda ishtirok etmoqda. Aytib o‘tish joizki, Karlush Keyrush ushbu terma jamoani 7 yildan buyon boshqarib kelmoqda, turnir yakunida Keyrush ushbu lavozimni tark etishi kutilmoqda.

Quyida esa bugun asosiy tarkibda maydonga tushishi kutilayotgan futbolchilar ro‘yxati bilan tanishib olishingiz mumkin.

JCh-2018 “B” guruhi.

Marokash - Eron I.R

"Krestovskiy"  20:00
Marokash: 
Munir el-Kajui; Xamza Mendil, Romen Saiss, Mexdi Benatia, Ashraf Xakimi; Xakim Zieyx, Mbark Bussufa, Yunes Belanda, Karim el-Axmadi, Nureddin Amrabat; Xalid Butaib

Eron: Ali Beyravand; Milad Moxammadi, Morteza Puraligandji, Ruzbex Cheshmi, Pedjman Montazeri; Masud Shodjai, Exsan Xadjsafi, Omid Ebraximi; Vaxid Amiri, Serdar Azmun, Alireza Djaxanbaxsh

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!