Markos Alonso 3ta o‘yinga chetlatilishi mumkin

  • 17 aprel, 2018, 22:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Chelsi” klubi himoyachisi Markos Alonso bir nechta o‘yinga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin. Bu haqda Angliya futbol assotsiatsiyasi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Tecno

Ispaniyalik futbolchi APLning 34-turida "Sautgempton"ga (3:2) qarshi kechgan bahsda raqib hujumchisi Sheyn Longga nisbatan o‘ta qo‘pol o‘yin namoyish etishda ayblanmoqda. Alonso buning ortidan 3ta o‘yinga chetlatilishi mumkin. U ertaga oqshomga qadar o‘z aybiga iqror bo‘lishi kerak.

Agar FA uni jazolaydigan bo‘lsa “Chelsi”ning etakchi futbolchisi premer-liganing "Byornli" va "Suonsi"ga qarshi hamda Angliya kubogidan o‘rin olgan "Sautgempton"ga qarshi bahslarni o‘tkazib yuboradi.

Ma’lumotu uchun, Ispaniya terma jamoasi a’zosi joriy mavsum “aristokratlar” safida jami 47ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 7ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!