Marko Roys qatorasiga 4-o‘yinda ham gol urdi

  • 6 fevral, 2019, 09:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Marko Roys kecha Germaniya kubogi 1/8 finali doirasida "Verder"ga (2:1) qarshi kechgan bahsda jamoasining yagona goliga mualliflik qildi.

Tecno

E’tiborlisi, bu 29 yoshli futbolchining dortmundliklar safidagi ketma-ket 4-o‘yinda kiritgan goli bo‘ldi. U bundan avval "Ayntraxt", "Gannover" va "Borussiya M"ga qarshi o‘yinlarda ham gol urgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Roys kecha Dortmundda “Yil sportchisi” deb topilgan edi.

Ma’lumot uchun, Roys joriy mavsum “Borussiya” safida 26ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 16ta gol hamda 11ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!