
Mariya Sharapova endi Karolin Voznyatski bilan o‘ynaydi
Rossiyalik tennischi Mariya Sharapova Melburnda o‘tayotgan Avstraliya ochiq chempionatining ikkinchi davrasidan muvaffaqiyatli o‘tib oldi.
Mariya ushbu bosqichda shvetsiyalik Rebekka Petersonni 6:2, 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va uchinchi davraga yo‘l oldi.
Endi Mariya Sharapova "Katta dubulg‘a" musobaqasining navbatdagi bosqichida daniyalik Karolin Voznyatskiga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar