Mariya Sharapova Monrealda g‘olib bo‘ldi

  • 8 avgust, 2018, 10:15
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Rossiyalik tennischi Mariya Sharapova Monrealda o‘tayotgan turnirning ikkinchi bosqichiga yo‘l oldi.

Tecno

U turnirning birinchi davrasida bolgariyalik Sesil Karatancheva bilan raqobatlashdi. Mazkur o‘yinda Mariya raqibini 6:1, 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Endi Sharapova "Rogers Cup" musobaqasining ikkinchi davrasida rossiyalik Darya Kasatkina va gretsiyalik Mariya Sakkari uchrashuvi g‘olibi bilan raqobatlashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!