
Maradona nimadan norozi?
Argentinalik afsonaviy futbolchi Diego Maradona Libertadores kubogi finali javob bahsi Madriddagi “Santyagu Bernabeu” stadionida o‘tishidan norozi. Avvaliga o‘yin 24 noyabr kuni bo‘lib o‘tishi kerak edi, ammo tartibsizliklar sababli ko‘chirilgan.
– Jin ursin! Agar oilam finalni ko‘rmoqchi bo‘lsa, men nima qilishim kerak? Madridga uchib borish qanchaligini bilasizmi? Shunchaki, xavfsizlikni kuchaytirib, belgilangan joyda o‘tkazish kerak edi, – deya Maradonaning so‘zlarining keltiradi Ole nashri.
Fikrlar