
Maradona JCh-2018 tashkilotchilaridan kechirim so‘radi
Afsonaviy hujumchi Diego Maradona JCh-2018 turniri doirasida o‘tgan Argentina va Islandiya (1:1) terma jamoalari o‘rtasidagi bahsda qilgan xatti-harakati uchun kechirim so‘radi. Gap shundaki, u o‘yin vaqtida u sigareta chekkan.
– Argentinaliklar uchun o‘yin og‘ir o‘tdi. Bu bizning bu jahon chempionatidagi debyut o‘yinimiz edi. Har bir jamoa har xil ishtirok etadi. Men to‘g‘risi stadionda kimga chekish taqiqlanganini bilmayman, – deydi Maradona.
– Shunday ekan, barchadan va tashkilotchilardan kechirim so‘rayman. Oldinga Argentina! Kelinglar, futbolchilarimizni qo‘llab-quvvatlaymiz, – deb yozadi Maradona Feysbukdagi rasmiy sahifasiga.
Fikrlar