
Maradona: Hozirgi Argentina Gollandiya yoki Ispaniyaga qarshilik ko‘rsata olmaydi
Afsonaviy futbolchi Diego Maradona Argentina terma jamoasining hozirgi holati haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Xorxe Sampaoli Argentinani boshqarganida unda terma jamoani bboshqarish uchun etarlicha mahorat yo‘q edi. Biz buni bilgandik. Argentina futboli yildan-yilga yomonlashib bormoqda. Argentina terma jamoasi hozir Gollandiya yoki Ispaniyaga qarshilik ko‘rsata olmaydi”, - deydi Maradona.
Eslatib o‘tamiz, Argentina yozda Rossiyada bo‘lib o‘tgan JCh-2018ning 1/8 finalida Frantsiyaga (4:3) imkoniyatni boy berib musobaqa bilan xayrlashgan edi.
Fikrlar