Manuel Noyer qachon maydonga qaytishi ma’lum bo‘ldi
Myunxenning “Bavariya” klubi darvozaboni Manuel Noyer Germaniya Bundesligasi 2-turidan o‘rin olgan “Verder”ga qarshi bahsda maydonga tushishi mumkin ekan. Bu haqda klub bosh murabbiyi Karlo Anchelotti aytib o‘tdi.
“Noyer bugun maydonga tushishga tayyor va asosiy tarkibda maydonga tushishi mumkin.
Biz Ulrayxning o‘yinidan mamnunmiz va u yaxshi o‘yin namoyish etganini e’tirof etishim lozim.
Alkantara va Xavi Martineslar ham jamoa bilan Bremenga yo‘l oldi. Faqatgina Jerom Boateng va Xuan Bernatlar Myunxenda qolishdi”, – deb aytib o‘tdi italiyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, “Verder” – “Bavariya” bahsi bugun Toshkent vaqti bilan soat 18.30 da start oladi.



Fikrlar