
"Manchester Yunayted"ning noyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
"Manchester Yunayted" klubi markaziy himoyachisi Viktor Lindelef jamoaning noyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra 24 yoshli shvetsiyalik futbolchi muxlislar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra David De Xea va Antoni Marsyallarni ortda qoldirgan. Ta’kidlash kerakki, u ushbu nomga ilk bor sazovor bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Lindelef joriy mavsum MYu safida jami 15ta o‘yinda ishtirok etdi.
Fikrlar