
"Manchester Yunayted" qishda 20 yoshli braziliyalik himoyachi bilan shartnoma imzolamoqchi
"Manchester Yunayted" klubi o‘z safiga "Portu" himoyachisi Eder Militaoni qo‘shib olmoqchi. Bu haqda The Sun nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “qizil iblislar” ustozi Joze Mourino 20 yoshli braziliyalik futbolchini yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar chog‘idayoq tarkibga qo‘shib olmoqchi. O‘z navbatida “Portu” rahbariyati uni 45 mln evrodan kamiga sotmoqchi emas.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq MYu shuningdek “Napoli” himoyachisi Kalidu Kulibaliga ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar