
"Manchester Yunayted" himoyachisini A Seriyaga chorlashmoqda
"Manchester Yunayted" klubi himoyachisi Erik Bayi faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.
ESPN nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 24 yoshli kot-d’ivuarlik futbolchiga “Milan” jiddiy qiziqish bildira boshlagan. “Rossonerilar” Bayiga ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni va’da qilishmoqda. Ushbu transferning taxminiy bahosi esa 30 mln evroni tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, Bayi joriy mavsum MYu safida jami 7ta o‘yinda ishtirok etib, maydonja 200 daqiqa harakat qildi.
Fikrlar