"Manchester Yunayted" asosiy hujumchisi noma’lum muddatga yo‘qotdi

  • 3 noyabr, 2018, 20:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" klubi forvardi Romelu Lukaku jarohat olib safdan chiqdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Tecno

Unga ko‘ra 25 yoshli belgiyalik futbolchi jamoaning kechagi mashg‘ulotlarida jarohat olgan. Hozircha uning qachon safga qaytishi haqida aniq ma’lumotlar yo‘q. Uning jarohati va davolanish muddati tez orada o‘tkaziladigan tibbiy tekshiruvlardan so‘ng ma’lum bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Lukaku joriy mavsum MYu safida jami 14ta bahsda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 4ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!