"Manchester Siti" forvardiga yana bir grand klub "oshiq" bo‘la boshladi

  • 18 oktabr, 2018, 11:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" hujumchisi Raxim Sterlingga yana bir grand klubdan qiziqishlar paydo bo‘la boshladi. Bu haqda Sun Sport nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Unga ko‘ra PSJ 23 yoshli futbolchi bilan amaldagi shartnomani uzaytira olmayotgan “shaharliklar”ning bu boradagi vaziyatini sinchkovlik bilan kuzatib bormoqda. Bordiyu APL grandi o‘zining etakchi hujumchisi bilan kelishuvga erisha olmasa, u holda aynan parijliklar uning ko‘ngliga qo‘l solib ko‘rishadi.

Ma’lumot uchun, Sterling joriy mavsum “Manchester Siti” safida jami 10ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 4ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2020 yilga qadar imzolangan.

Eslatib o‘tamiz, Sterlingga PSJdan tashqari shuningdek Madridning “Real” klubidan ham jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!