
"Manchester Siti" Lyaport bilan shartnomani uzaytirdi
Angliyaning "Manchester Siti" klubi rahbariyati jamoa himoyachisi Emerik Lyaport bilan amaldagi shartnomani uzaytirdi.
Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra yangi kelishuv 2025 yilning yoziga qadar imzolangan. Ta’kidlash kerakki uning amaldagi shartnomasi yakunlanishiga yana 4 yil mavjud. Biroq, “Siti” rahbariyati futbolchini joriy mavsum ko‘rsatayotgan muvaffaqiyatli o‘yini uchun shu yo‘l bilan rag‘batlantirishga qaror qili.
Ma’lumot uchun, Lyaport “Manchester Siti” safiga 2018 yilning yozida 65 mln evro evaziga “Atletik” Bilbaodan kelib qo‘shilgan edi. Ujoriy mavsum APLda jami 27ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar