
"Manchester Siti" Bundesliga to‘purarini o‘z safida ko‘rmoqchi
Frankfurtning “Ayntraxt” klubi forvardi Luka Yovich mavsum yakunlangach jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
Goal.com tarqatgan xabarga ko‘ra 21 yoshli serbiyalik futbolchiga “Manchester Siti”dan jiddiy qiziqish paydo bo‘la boshlagan. Ta’kidlash kerakki, bu borada “shaharliklar”ga “Bavariya” hamda “Barselona” klublari raqobat qilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Yovich ayni damda Bundesliga to‘purari hisoblanadi. Uning hisobida 15ta gol mavjud.
Fikrlar