Mamich: "Real" va "Al-Ayn" o‘rtasidagi tafovut - "Smart" va "Mersedes"niki kabidir

  • 22 dekabr, 2018, 03:01
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" jahonning eng kuchli jamoasi sanaladi. Biz ularga tenglasha olmaymiz, ammo o‘z mamlakatimiz sharafini himoya qilamiz. Ertaga juda yaxshi o‘yin ko‘rsatsak ham bu bizga kamlik qilishi mumkin. Ikki o‘yinda 120 daqiqa o‘ynaganimiz tufayli jamoa juda charchagan. Men maydonga tushmadim, ammo kamina ham charchoq alomatlarini o‘zida sezdi. Nima bo‘lganda ham biz "Real"ning imkoniyatlarini kamaytirish va o‘z imkoniyatlarimizdan foydalanishni maqsad qilganmiz.

Tecno

Ha g‘alaba qozonishimiz mumkin. Sportda erishib bo‘lmas  natijaning o‘zi yo‘q. Orzu ham bir kuni amalga oshishi mumkin. Men esa har kuni g‘alabalarga erishishni istayman. To‘g‘ri biz bilan "Real" o‘rtasidagi farq "Smart" va "Mersedes" mashinalari singari kattadir", - dedi xorvatiyalik futbolchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!