
Malkom: Messi - futboldagi o‘zga sayyoralik
Yozda “Bordo”dan “Barselona”ga ko‘chib o‘tgan braziliyalik vinger Malkom kataloniyaliklar safidagi jamoadoshi Lionel Messi haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Messi jamoa manfaatlari haqida eng ko‘p qayg‘uradigan futbolchi. Shu bois ham u sardor. Leo - futboldagi o‘zga sayyoralik”, - deydi Malkom.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” ayni damda La Liganing 12ta turidan so‘ng 24 ochko to‘plagan holda peshqadamlik qilmoqda.
Fikrlar