Makgregorning jamoadoshi Artem Lobov mag‘lubiyatga uchradi

CHERY AUTO

Aralash jang san’atlari ustasi rossiyalik Artem Lobov amerikalik Maykl Jonson bilan Kanadaning Monkton shahrida bo‘lgan UFC Fight Night 138 turnirida mag‘lubiyatga uchradi. Jonson bu jangga bir necha kun qolganda rozilik bergan va vazn tortish marosimida ham ishtirok etmagan, biroq yakunda ochkolar bo‘yicha raqibidan ustun keldi.

Tecno

Artem Lobov 14 oylik tanaffusdan so‘ng endi oktagon qaytgan edi va ketma-ket ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. U faoliyatida 13 g‘alaba, 1 durang va 14 mag‘lubiyat qayd etgan. U irlandiyalik jangchi Konor Makgregor bilan bitta lagerda mashg‘ulotlar o‘tkazadi va uning yaqin do‘sti hisoblanadi. Artem Konor bilan Xabib Nurmagomedovga bog‘liq bo‘lgan barcha janjallarda ishtirok etgan.

Avvaliga Maykl Jonson Xabib bilan jang qilganligi bilan muxlislarga tanish edi, keyin Toni Fergyusonni yutdi, ammo Artemning raqibi bo‘lishi kerak emas edi.

Ushbu jangda oktagonga Lobovga qarshi Xabibning jamoadoshi Zubayra Tuxugov chiqishi kerak edi, ammo chechenistonlik jangchi Nurmagomedov va Makgregor jangidan keyingi janjalda faol ishtirok etgan. Yakunda amerikalik Jonson Lobov bilan jangga ikki hafta qolganida chiqishga qaror qildi va vazn tortishda ham qatnashmadi.

U yarim engil vazn toifasida (-66 kilogramm) 500 gramm etkaza olmadi va buning uchun gonorarning 20%i jarima tariqasida olib qolinadigan bo‘ldi. Lobov esa bu pullarni unga qaytarishga va’da berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!