“MYu” – “Real” o‘yinidan qilingan besh xulosa

  • 2 avgust, 2018, 21:30
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xalqaro Chempionlar Kubogi turniri doirasida “Manchester Yunayted” “Real Madrid”ni 2-1 hisobida mag‘lub etdi. “Qizil iblislar” AQShdagi mavsumoldi tayyorgarlik yig‘inini “qaymoqranglilar” ustidan g‘alaba qozonib yuqori notada yakunlashga muvaffaq bo‘ldi. Mourino shogirdlari birinchi bo‘lim startida urilgan ikki gol evaziga g‘olib bo‘ldi. Xo‘sh, bu o‘yinda biz nimalarga guvoh bo‘ldik. Quyidagi tahlil shu haqida.

Tecno
  1. Aleksis qaytdi

Aleksis Sanches o‘tgan mavsumda “Manchester Yunayted”dagi eng yomonlaridan biri bo‘lgandi. Uning Genrix Mxitaryan bilan alishtirilib yarim mavsumni “MYu”da o‘tkazgani chililik futbolchining foydasiga ishlamadi. U jamoaning ritmini va tempini tushirish bilan ovora bo‘ldi.  Aftidan unga “Arsenal”da bo‘lgani kabi to‘liq hukmronlik yo‘qligi o‘zini ko‘rsatishida pand berdi.

Biroq yozgi hordiq (2013-yildan beri birinchi marta) va chiroyli soch turmagi Aleksisga qayta ishonch bag‘ishlagan ko‘rinadi. Uning “MYu” etakchisiga aylanishi va “Real”ga qarshi bahsda yana trendga chiqqanini ko‘rdik. Xuan Mata bilan hujum chizig‘ida harakat qilgan “Barselona”ning sobiq vakili madridlik himoyachilarga butun uchrashuv davomida jiddiy tahdid solib turdi. Uning ikkala goldagi hissasi juda katta bo‘ldi.

  1. Vinisius Junior

Bu o‘yin “Real”ning yangi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi uchun biroz murakkab bo‘ldi. “Qirollik klubi” sirtdan ancha jips ko‘rinmadi, shunga qaramay Vinisius Junior tomoshabinlarning diqqat-e’tiborini o‘ziga qaratdi. Braziliyalik futbolchi hujumning chap qanotida jamoasining olg‘a borishiga sababchi bo‘ldi.

U to‘pga egalik qilgan paytda “MYu”ni bir o‘zi taslim qiladigandek taassurot qoldirdi. Yosh hujumchidan tug‘ma iqtidor borligi namoyon bo‘ldi. Ayniqsa unig Fosu-Mensani dog‘da qoldirgan vaziyati ancha esda qolarli bo‘ldi. Xullas, u “Real”ning navbatdagi braziliyalik javohiriga aylanishiga etarli asos bor.

  1. Matich yo‘q, muammo yo‘q

Mavsumoldi tayyorgarlik bosqichining avvalida “MYu” muxlislari Nemanya Matichning jarohatdan qutulib yana safga qaytganini katta quvonch bilan kutib olgan edi. Biroq sal o‘tmay ma’lum bo‘lishicha Matich jarrohlik amaliyotiga muhtoj va mavsum startini o‘ztkazib yuboradi. Bu klub muxlislari orasida sarosima uyg‘otdi. Ular serbiyalik tayanch yarim himoyachisiz qanday o‘ynashadi?

Biroq klub 3-5-2 o‘yin sxemasida Matichning yo‘qligi jamoaga ta’sir qilmasligi oydinlashdi. Ander Errera, Andreas Pereyra va Fred uchligi markaziya yarim himoyada ancha mustahkamlikni ko‘rsatishdi. Bu uchala yarim himoyachi himoyalanishni ham boplaydi, shuningdek, to‘p bilan oldinga borishni va hal qiluvchi uzatmalarni etkazib berishning ham uddasidan chiqa olishadi.

Agarda bu uchovlon sport formasida Matichning joyi zaxirada ekanligini ko‘rsatib qo‘yishlari mumkin. Maruan Fellayni himoyaviy o‘yinlarda maydonga tushirilishi kabi Matich ham maxsus o‘yinlarda jamoaga yordam berishi mumkin.

  1. “Real” hujumchiga muhtoj

“Real Madrid” ushbu bellashuvning faqatgina ikkinchi bo‘limida to‘pga egalik qildi. Boisi Mourino minimal taktik o‘zgarishlarga qo‘l urdi va hisobni ushlab qolish uchun o‘ynagandek taassurot uyg‘otdi. Biroq portugaliyalik mutaxassis mavsumoldi o‘rtoqlik uchrashuvida hisobni ushlab qolib, “Lester”ga qarshi dastlabki uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rdimi? Bu kulgili.

“Manchester Yunayted” himoyasi optimallikdan ancha yiroq. Asosiy tarkibda tushgan Skott MakTomini uchinchi himoyachi ekanligini o‘zi ko‘p narsani anglatadi. Mourino shu sababli ushub chiziqni kuchaytirish niyatida. Qanday qilib “Real”ga qarshi uchrashuvda zaxira himoyachisi bilan “himoyaga yotib oladi”? Shunchaki “qaymoqranglilar”da ingliz klubiga rahna soladigan haqiqiy hujumchining o‘zi yo‘q.

Albatta Karim Benzema jamoasining yagona goliga mualliflik qildi. Uning o‘rinbosari Borxa Mayoralda “jallodlik” instinkti hali rivojlanmagan. “Real” transfer bozoriga qayta murojaat qilishi zarur.

  1. 3-5-2 – “MYu”ning echimi

“MYu” rahbariyati transfer bozorida etarlicha faollik ko‘rsata olmayapti. Aftidan Mourinoda o‘ng qanot vinger sotib olishdan boshqa chorasi yo‘q. U faqatgina markaziy himoyachi olib kelishni talab qilayotgan edi. Bu muammolar sabab portugaliyalik murabbiy nafaqat mavsumoldi tayyorgarlik yig‘inida balki butun mavsum davomida ham 3-5-2 o‘yin uslubini qo‘llashi mumkin.

Agarda barcha asosiy tarkib futbolchilari safga qaytsa va Antoni Marsyal ketsa, klub vingerlar xizmatidan to‘liq foydalanishi mumkin.

3-5-2 o‘yin sxemasi ba’zi muammolarga echim bo‘lishi mumkin. Bunda Lyuk Shou va Matteo Darmian ko‘proq hujum haqida qayg‘urib, himoya haqida o‘ylamasliklari ham mumkin.

Bu o‘yin tizimi yarim himoyadagi ajoyib uchlikni dunyoga namoyish qilishi mumkin. Fred, Pereyra va Erreralardan tashqari klub ixtiyorida Pogba va Lingard kabi mohir futbolchilarga ega. Lingard bunday uslubda Angliya bilan Mundialda yaxshigina ko‘rsatkichga ham erishishga muvaffaq bo‘ldi.

Erkinjon G‘aybullaev tayyorladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!