MYu yanvarda "Tottenxem"ga taklif bilan chiqmoqchi

  • 18 noyabr, 2017, 11:50
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

«Manchester Yunayted»  klubi qishda «Tottenxem» himoyachisi Denni Rouzni qo‘lga kiritishga yana bir bor urinib ko‘rmoqchi. Aytish kerakki, mankuanliklar ushbu futbolchini ko‘pdan buyon kuzatib kelishmoqda va aynan 2018 yilning boshida uning transferi borasida muzokaralarni boshlashmoqchi.

Tecno

Rouz The Sun nashriga bergan intervyusida sovrinlar uchun kurashadigan jamoadan yaxshi taklif bo‘lsa, “Tottenxem”dan ketishga tayyor ekanligi haqida aytib o‘tgan edi. Shu bois Joze Mourinyu 27 yoshli angliyalik futbolchini MYu safida APLda g‘olib chiqishga ishontirib, uni ko‘ndirmoqchi. Biroq, “shporlar” rahbari Deniel Levi jamoaning etakchi futbolchisini qo‘yib yubormoqchi emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!