
MYu sobiq himoyachisi "Kopengagen" bilan shartnoma imzoladi
Urugvaylik himoyachi Gilermo Varela faoliyatini Daniya chempionatida davom ettiradigan bo‘ldi.
Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra 25 yoshli futbolchi “Kopengagen” klubi bilan 2023 yilga qadar shartnoma imzoladi. Endi u poytaxt klubi safida 2-raqamda to‘p suradi.
Ma’lumot uchun, Varela “Manchester Yunayted” va “Ayntraxt” kabi klublardagi faoliyati bilan tanilgan. Uning so‘nggi jamoasi esa Urugvayning “Penyarol” bo‘lgan edi.
Fikrlar