
MYu Pogba evaziga "Yuventus"dan qaysi futbolchini so‘ramoqda?
Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi hamon "Yuventus" himoyachisi Aleks Sandroning sotib olish fikridan qaytmadi.
Football Italia nashrining xabar berishicha mankuanliklar rahbariyati 27 yoshli braziliyalik futbolchi evaziga o‘zining frantsiyalik yarim himoyachisi Pol Pogbaning hech qanday qo‘shimcha to‘lovlarsiz almashtirishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, Pogbaning shartnomasiga ko‘ra “Yuventus” uni 60 mln evro evaziga qayta sotib olish huquqiga ega. O‘z navbatida turinliklar ham Sandroni huddi shuncha mablag‘ga baholashmoqda.
Fikrlar