
MYu Fellaynining Xitoy klubiga o‘tganini tasdiqladi
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Maruan Fellayni faoliyatini Xitoyning "Shandun Lunen" klubida davom ettirishi mumkin.
“Faoliyatingda muvaffaqiyatlar tilaymiz, Maruan Fellayni. MYudagi barcha xizmatlaring uchun katta rahmat”, - deb yoziladi mankuanliklar rasmiy saytida.
Ma’lumot uchun, belgiyalik futbolchi “Old Trafford”da 5,5 yil to‘p surdi. U ushbu vaqt mobaynida 177ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 22ta gol urishga erishdi.
Fikrlar