
MYu "Chelsi" himoyachisiga ko‘z tikmoqda
Mankunianlar ustozi Joe Mourino transfer oynasi yopilguniga qadar markaziy himoya chizig‘ini kuchaytirib olishni ko‘zlamoqda.
"Bavariya" futbolchisi Jerom Boateng bilan kechgan muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolgach, "qizil iblislar" e’tiborlarini Kurt Zumaga qaratishdi.
L'Equipe xabariga ko‘ra, tomonlar futbolchining transferi borasida muzokaralarni boshlab yuborgan. Biroq "Chelsi" o‘z futbolchisini to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqobatchisiga sotmoqchi emas.
Ma’lumot uchun, Kurt o‘tgan mavsumni ijara asosida "Stok Siti"da o‘tkazdi va 37 bellashuvda maydonga tushib, 1 ta gol kiritishga erishdi.
Fikrlar