Lushchan: Bir kun oldin yig‘ilgan tarkibni bugun maydonga tushurish kerak emasligini bilardim

  • 9 iyul, 2018, 23:17
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Bugun Pepsi Superliga 16-tur doirasida “So‘g‘diyona” o‘z maydonida “Metallurg”ni qabul qildi va kichik hisobda (0:1) mag‘lubiyatga uchradi. O‘yindan so‘ng jizzaxliklar ustozi Sergey Lushchan o‘yin borasida o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

"Bugun mag‘lubiyatga uchradik. Aybni o‘z bo‘ynimga olaman. Bir kun oldin yig‘ilgan tarkibni bugun maydonga tushurish kerak emasligini bilardim. Futbolchilaning kuchli xoxishi meni tavakkal qilishga undadi. O‘yindan keyin jamoaga taklif etilgan barcha futbolchilarga o‘z minnatdorchiligimni bildirdim. Sababi, ular bugun yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi. Juda katta istagim bor edi.Chiroyli o‘yin ko‘rsatib,tomoshabinlarga g‘alaba tuxfa taqdim etmoqchi edik. Hayot davom etadi. Keyingi o‘yinlarda biz g‘alaba qozonishimiz shart. Bo‘yin egmaymiz. Ishlanda davom etamiz", - deydi tajribali mutaxassis

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!