Luka Modrich: "Oltin to‘p" meni qiziqtirmaydi
Xorvatiya terma jamoasi sardori Luka Modrich o‘zining bu yilgi “Oltin to‘p” sovrinidagi imkoniyatlari borasida to‘xtalib o‘tdi.
“Oltin to‘p”? U meni qiziqtirmaydi. Ko‘ramiz nima bo‘lar ekan. Lekin, men uchun eng muhimi bu Xorvatiya terma jamoasining yutug‘idir”, - deydi 32 yoshli futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, Modrich bu mavsum “Real” safida Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi. Ayni damda esa u Xorvatiya terma jamoasi bilan JCh-2018ning yarim finaliga qadar etib kela oldi.



Fikrlar