Lopetegi “El klasiko”da ham “Real”ni boshqaradi
“Real” klubi direktori Emilio Butrageno so‘zlariga ko‘ra, bosh murabbiy Xulen Lopetegi “Barselona”ga qarshi La Liga navbatdagi uchrashuvida jamoani boshqaradi.
Kecha “Real” EChL guruh bosqichi 3-turida “Viktoriya” (2:1) jamoasini mag‘lub qilib, 5 uchrashuvdan beri ketma-ket g‘alabasiz o‘yinlar seriyasiga yakun yasadi.
– “Barselona”ga qarshi o‘yinda Lopetegi jamoani boshqaradimi? Ha, ha, bu shubha bo‘lishi mumkin emas. Bunday vaziyatda xotirjamlik va uyushqoqlikni saqlab qolish juda muhim va futbolchilarimizga ishonaman.
– Biz mish-mishlarni eshityapmiz, ammo “Nou Kamp”ga ishonch bilan boramiz. Yakshanba kungi o‘yin bizga ajoyib motivatsiya bo‘ladi va umid qilamanki, yaxshi o‘yin o‘tkazamiz, – deydi Butrageno.



Fikrlar